O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "O`zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarori ijrosi yuzasidan seminar tashkil etildi.
Toshkent viloyatining O`rta Chirchiq tumanidagi "O`zbegim otlari" majmuasida o`tgan tadbirda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi rahbari B.Norqobilov, O`zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasi raisi B.Gaziev, "O`zbegim otlari" MChJ rahbari A.Ismoilov, shuningdek, 100 nafardan ortiq soha mutaxassislari ishtirok etishdi.
Tadbirda O`zbekistonda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish hamda dolzarb muammolar echimi, sohada erishilayotgan yutuqlar, sportchilarimizning nufuzli xalqaro musobaqalardagi ishtirokiga oid ma`ruza atroflicha muhokama qilindi.
Bundan tashqari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda O`zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasi mutaxassislariga "O`zbegim otlari" ot zavodida o`zlari yaratgan "o`zbek tulpori" nomli yangi ot turini ko`paytirish bo`yicha topshiriqlar berildi. Ko`rgazmali seminar davomida axalteke, arab va ingliz zotli otlarning ko`rgazmali chiqishlari namoyish etildi.






