Toshkentda ayolining 6 qovurg`asini sindirgan erga sud hukmi o`qildi

Jinoyat 21.11.2022, 23:14
Toshkentda ayolining 6 qovurg`asini sindirgan erga sud hukmi o`qildi

Toshkentda er va xotin o`rtasida ayanchli mojaro yuz berdi. Gap shundaki, mojaro bir insonga chidab bo`lmas darajada  ruhiy va jismoniy zarar etkazish bilan yakun topdi. Hodisa shu yilning 23 iyul kuni soat taxminan tungi 03 30larda sodir bo`lgan.

Ma`lum bo`lishicha, 1973 yilda tug`ilgan (oilali, 5 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz) sudlanuvchi va ayoli bilan o`rtalarida Yangihayot tumanidagi o`z xonadonida kelishmovchilik kelib chiqadi.  6,7,9,10,11,12-qovurg`alarning yopiq sinishi ham etmagandek sudga oid ekspertizasida chap qo`l kaft sohasida kesilgan (tikilgan) yara, bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, chap qo`l 3-barmoq, o`ng oyog` kaft, o`ng oyoq 1-barmoq sohalarida kesilgan yaralar, ikkala ko`z osti, chap elka sohalarida qontalashlar ya`ni og`irlik darajasi bo`yicha o`rtacha og`ir tan jarohati etkazilgani o`z aksini topgan.

Sudlanuvchi sudda o`z aybiga qisman iqrorlik bildirdi:

 — Jabrlanuvchi mening ikkinchi (shar`iy) turmush o`rtog`im. Haqiqatdan ham unga aliment pullarini o`z vaqtida to`lay olmaganim uchun ma`muriy javobgarlikka tortilib, ma`muriy qamoq jazosini o`tab chiqqanman. Ammo keyinchalik u bilan munosabatlarim yaxshilanib, birga ko`rishib turganmiz. 2022 yil 22 iyul kuni soat taxminan 2200 larda o`zim ayolimga qo`ng`iroq qilib, undan qaysi vaqtda ishdan chiqishini, ushbu vaqtga borib uni ishxonasidan olishim mumkinligini aytdim. Shunda ayolim taxminan 1-2 soatlarda ishdan chiqishini aytgach, kelishilgan vaqtda boshqaruvimdagi Neksiya-2 rusumli avtomashinada bir o`zim ayolim ofisiant vazifasida ishlayotgan Sirg`ali 7-dahasida joylashgan kafedan olib, Yangihayot tumanidagi uyimizga olib bordim. Yo`lda bir baklashka pivo sotib olib, so`ngra uyga kirib, birgalikda ovqatlandik. So`ng pivoni iste`mol qila boshladim. Ayolim ichmadi, shu vaqtda ayolim yuvinib chiqqach, kimiysiz holda yotdi, o`z navbatida o`zim ham kiyimsiz holatda uxlashga yotdim. Birgalikda suhbatlashib, so`ng ayolimga “birga bo`lish” (jinsiy aloqada) ni taklif qildim. U rad javobini berib, aksincha mening ayolimdan mavjud qarzlarimni talab qila boshladi. Unga olgan qarzlarimni ertasi kuni ertalabga qaytarishimni aytib, takroran “birga bo`lish” taklif qilganimda, “xom semiz xotiningiz (sudlanuvchining qonuniy xotini nazarda tutilgan) bilan “birga bo`lishingiz” mumkin”, dedi. Shu gapi bilan nafsoniyatimga tegdi, so`ng o`zaro og`zaki tortishib, urushishib, qo`lim bilan ayolimni bir marotaba yuz qismiga, bir marta qovurg`a qismiga urdim. Shunda ayolim yostig`ini tag qismidan pichoqni olib, badanimning turli erlarini shilib oldi. So`ng uning pichoqni ushlagan qo`lidan pichoq aralash ushlab pichoqni tashlashini aytdim. Shunda u pichoqni tashlab, bir tepganim uchun chiqib ketdi. Uni yonimga chaqirsam ham qaytib kelmasligini aytib, kiyingan holda ko`chaga chiqib ketdi. Olgan tan jarohatlarim oqibatida ko`p miqdorda qon yo`qotib, uxlab qoldim. Meni Ichki ishlar organlari xodimlari kelib uyg`otishdi. Shu vaqtda xonaning hamma eri va yotgan ko`rpa to`shaklarim ham qonagan holda bo`lgan. Ayolim qo`lidagi pichoq bilan qo`lim, peshonam va badanimning turli erlarini shilib tashlagandi. Ayolimga pichoq bilan tan jarohati etkazmadim va bunday maqsadim ham bo`lmagan. Ayolimning qo`li va badanidagi kesilgan jarohatlar pichoqni uning qo`lidan olish jarayonidagi olgan tan jarohatlar bo`lishi mumkin. 

Ayolimdan bo`lib-bo`lib 600.000 so`m qarzga olgandim. Ushbu pullarni ertasi kuni berish niyatida bo`lganman. Haqiqatdan ham ayolimni bir marotaba qo`lim bilan urdim, chap qo`l 3-barmoq, o`ng oyog` kaft, o`ng oyoq 1-barmoq sohalaridagi kesilgan yaralar men bilan pichoqni talashgan vaqtida kelib chiqqan bo`lishi mumkin. Ayolimning qovurg`alaridagi sinishlar qanday sodir bo`lganini bilmayman. Janjalning sabab aliment to`lovlarini to`lamaganim uchun emas. U mening shaxsiyatimga tekkani uchun ushbu janjal kelib chiqdi. Uning davolanishiga ketgan xarajatlar uchun ukam orqali 500.000 so`m berganman. U kasalxonaga yotgan vaqtida uni ko`rishga ham borganman. Aliment to`lovlarini ham o`z vaqtida to`lab kelayotgandim. Aybimni tushunib etdim, qilmishimdan pushaymonman.

Jabrlanuvchining suddagi ko`rsatmasiga ko`ra, sudlanuvchi o`sha kuni spirtli ichimlik ta`sirida bo`lgan:

— 2014 yilda shu shaxsga ikkinchi turmush o`rtoq bo`lishga rozilik bildirib, sha`riy nikoh asosida turmush qurganmiz. Uni mendan oldingi xotinidan 3 nafar farzandi bor. Men bilan birgalikda yashab, 2 nafar farzandli bo`ldik. Farzandlik bo`lganimdan so`ng, o`rtamizda xar xil janjal kelib chiqa boshladi, shu orada ota-onamning uyiga ketib qoldim. 2018 yil erimning ustidan sudga aliment pulini undirib berish yuzasidan ariza bilan murojaat qildim. Oradan tahminan bir kun o`tib, erim meni farzandlarim bilan birgalika Toshkent shaxriga kelishimni, Toshkent shaxrida yashashimiz uchun xonadon borligini, “o`zinga ish topib, o`zingni o`zing ta`minlaysan”, dedi. Men erimning taklifga rozilik bildirib, 2 nafar voyaga etmagan farzandlarim bilan u ijaraga olgan Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi xonadonga keldim. 

Sud erimga nisabatan alimentdan bo`lgan qarzdorligini to`lamaganligi sababli 15 sutkaga ma`muriy qamoq jazosini tayinladi. 20 iyul kuni farzandlarim viloyatga mehmonga ketishdi, men o`zim ishda qoldim. 22 iyul kuni soat taxminan 22:00 larda erim qo`ng`iroq qilib, “ishdan qachon chiqasan, men ishdan olib ketaman”, dedi. Unga 1 soatlardan so`ng bo`shashimni aytdim, so`ng ishdan chiqib erim bilan Yangihayot tumanidagi  uyga jo`nadik. U yo`ldan pivo oldi, uyga birgalikda bordik. Unga uyda bo`lgan sasiskani pishirib berdim, ovqatlanib, spirtli ichimligini iste`mol qildi. So`ng uxlashga yotish uchun joylarni soldim. Yuvinib chiqqanimdan keyin u menga “kiyimlaringni echib yot”, dedi, kiyimsiz yotdim. U televizor ko`rib yotgan edi, meni ko`zim ketib uxlab qolgan vaqtimda mening ustimga chiqib, meni qo`llari bilan bo`g`ayotgan edi. Shunda cho`chib ketib, “nima qilayapsiz?” deb uni oyoqlarim bilan tepdim. So`ng u qo`llarini bo`ynimdan oldi, shundan so`ng uni jahli chiqib, badanimning turli erlariga qo`llari bilan urdi. Dod, deb baqirdim, o`zimni himoya qilish maqsadida yostig`imni tag qismida bo`lgan oshxona pichog`ini olib, o`zimdan uzoqlashtirmoqchi bo`ldim va “dadasi qo`ying, bolalarimiz bor axir”, dedim. U “seni o`ldiraman, bolalarni bolalar uyiga topshiraman”, dedi. Qo`limdagi pichoqni ko`rib, pichoq ushlagan qo`limni ushlab olib, pichoqni tashlashimni aytdi. Unga “urmaysizmi, pichoqni erga qo`yaman”, dedim. U pichoqni erga qo`yishimni, urmaslgini aytdi. Gaplariga ishonib, pichoqni erga qo`ygandim, u pichoqni olib menga tashlandi. Chap qo`lim bilan o`zimni himoya qilib, oyog`im bilan tepib o`rnimdan turib, kiyimlarimni oldim va ko`chaga qochdim. Shunda u meni chaqirib, “kel seni kiyintirib qo`yaman”, dedim. Oldiga qaytib bormasligimni aytib, kiyimlarimni kiyib ko`chaga yugurib chiqib ketdim. Ko`chaga chiqib, 102 xizmatiga va 103 tez tibbiy yordamini chaqirtirdim. Tez tibbiy yordam kelib, menga birinchi yordam ko`rsatib shifoxonaga olib ketdi.

Sud hukmiga ko`ra, sudlanuvchiga JChning 105-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1