AsosiySiyosat

O`zbekiston-Fransiya davlat xizmatini rivojlantirish maqsadida deklarasiya imzoladi

'O`zbekiston-Fransiya davlat xizmatini rivojlantirish maqsadida deklarasiya imzoladi'ning rasmi

O`zbekiston-Fransiya davlat xizmatini rivojlantirish maqsadida deklarasiya imzoladi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar berdi.

Hujjat Prezident Shavkat Mirziyoevning joriy yil 21-22 noyabr kunlari Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Fransiya Respublikasi Davlat sektorini transformasiya qilish va davlat xizmati vazirligi o`rtasida imzolandi.

Mazkur Deklarasiya ikki tashkilot o`rtasida hamkorlik asoslarini belgilab beradi.

Shuningdek, hujjatda qo`shma tadbirlarni tashkil qilish, sohaga oida qator loyihalarni amalga oshirish, davlat xizmatchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari, o`quv dasturlarini tashkil qilish belgilandi.

Deklarasiyani amaliyotga tatbiq qilish doirasida davlat xizmatchilarining Fransiyada malaka oshirishini tashkil qilish, ekspertlar almashinuvini yo`lga qo`yish, davlat xizmatida raqamlashtirish va innovasiyalar bo`yicha tajriba almashish belgilandi.

    Boshqa yangiliklar