Rossiyaning "Aeroflot" aviakompaniyasi 19 noyabr kuni Moskva-Farg`ona-Moskva yo`nalishi bo`yicha yangi reysni joriy qildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, parvozlar haftasiga uch marta – chorshanba, shanba va yakshanba kunlari 158 o`ringa mo`ljallangan Airbus-320 samolyotida amalga oshiriladi.
Uchib borish aeroporti - Sheremetevo. Dastlabki bosqichda parvozlar charter asosida amalga oshiriladi.