Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda kommunal to`lovlar uchun undirilgan pullarni o`zlashtirgan shirkatlar aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
“N.n.”, “M.s.”, “B.s.”, “S.k.” va “I.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari moddiy javobgar shaxslari hududdagi xonadon egalaridan kommunal to`lovlari uchun undirilgan jami 413,9 mln so`mni kirim qilmasdan, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilishgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.