Avvalroq Toshkentda mashinaga solib, o`g`irlab ketilgan ayol bo`yicha xabar bergan edik.
Holatga IIV izoh berib, hodisa Uchtepa tumani 22-mavzesidagi ko`p qavatli uylar oldida sodir bo`lgani, hozirda M.A. oila davrasida sog`-salomat ekanligini ma`lum qilgandi.
Poytaxt IIB holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda aks etgan holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 137-moddasi (“Odam o`g`rilash”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.