1

Shaxmat: O`zbekiston terma jamoasi finalga yo`l oldi

Sport 25.11.2022, 12:19
Shaxmat: O`zbekiston terma jamoasi finalga yo`l oldi

Bugun, 25 noyabr kuni Isroilning Quddus shahrida shaxmat bo`yicha FIDE jamoalari o`rtasidagi Jahon chempionati bahslari yakunlanadi. O`zbekiston jamoasi yirik musobaqa g`olibligi uchun bahsga kirishadi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, O`zbekistonlik shaxmatchilarga hal qiluvchi bellashuvda Xitoy vakillari raqiblik qiladi. Xitoyliklar yarim finalda Ispaniyadan ustun kelishgandi. O`zbek shaxmatchilari esa yarim finalda Hindiston jamoasini dog`da qoldirdi.

O`zbekiston va Xitoy o`rtasidagi final partiyasi bugun, Toshkent vaqti bilan soat 18:00da start oladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1