MTRKning "Sport TV" telekanali futzal bo`yicha jahon chempionatini uchrashuvlarini translyasiya qiladi. Bu haqda O`FF matbuot xizmatining “Telegram”dagi sahifasida e`lon qilindi.
Futzal bo`yicha jahon chempionati 10 sentyabr – 1 oktyabr kunlari Kolumbiyada o`tkaziladi. Unda O`zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma jamoasi “A” guruhida Portugaliya, Panama va mezbon Kolumbiya bilan kuch sinashadi.





