AsosiyJamiyat

Uzbekistan Airways bugun bir qator xalqaro va mahalliy reyslar kechiktirilishini ma`lum qildi (ro`yxat)

'Uzbekistan Airways bugun bir qator xalqaro va mahalliy reyslar kechiktirilishini ma`lum qildi (ro`yxat)'ning rasmi

Bugun, 2022 yil 26 noyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportining noqulay ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways'ning bir qator reyslarida o`zgarish bo`lmoqda. 

Jumladan, HY-051 Toshkent – Urganch, HY-011 Toshkent – Nukus, HY-603 Toshkent – Moskva, HY-271 Toshkent – Istanbul, HY-779 Toshkent – Bishkek, HY-333 Toshkent – Dubay, HY-5311 Toshkent – Jidda, HY-231 Toshkent – Frankfurt, HY-031 Nukus – Mo`ynoq reyslari majburiy kechiktiriladi.

HY-081 Toshkent – Farg`ona, HY-9685 Toshkent – Sochi, HY-341 Toshkent – Sharm-el-Shayx va HY-717 Toshkent – Dushanbe o`z yo`nalishi bo`yicha jo`nab ketdi.

HY-052 Urganch-Toshkent, HY-012 Nukus-Toshkent, HY-718 Dushanbe-Toshkent, HY-604 Moskva – Toshkent, HY-272 Istanbul-Toshkent, HY-780 Bishkek-Toshkent, HY-334 Dubay-Toshkent, HY-342 Sharm-el-Shayx-Toshkent, HY-5312 Jidda-Toshkent, HY-232 Frankfurt-Toshkent, HY-032 Mo`ynoq-Nukus kechikib bilan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, rejalashtirilgan HY-048/HY-047 Samarqand – Namangan – Samarqand va HY-275/HY-276 Samarqand – Istanbul – Samarqand qatnovlari ham kechikib amalga oshiriladi.

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun yo`lovchilar xavfsizligi yuqori o`rinda turishini eslatib o`tib, keltirilgan noqulayliklar uchun yo`lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so`raydi.

    Boshqa yangiliklar