Ilon Mask Florida shtati gubernatori Roy Desantis nomzodini 2024 yilgi prezidentlik saylovida qo`llab-quvvatlashga tayyorligini ma`lum qildi. Bu haqda tadbirkor Twitter sahifasida yozib qoldirdi, deya xabar qildi "zamon.uz".
Mask Desantisni qo`llab quvvatlaysizmi, degan savolga ijobiy javob bergan. Florida gubernatori hozircha saylovda ishtirok etishini ma`lum qilmagan bo`lsa-da, bundan avval sobiq prezident Donald Tramp u bilan raqobatlashishi ehtimolini istisno etmagandi.
Noyabr boshida Ilon Mask shu yilga qadar faqat demokratlarga ovoz berib kelganini ta`kidlagandi.
Bundan oldin mashhur reper Kane Uest prezidentlikka nomzodini ilgari surishini e`lon qilgandi. U hatto Tramp bilan uchrashib, unga vise-prezidentlikni taklif qildi. Ayrim manbalarga ko`ra, sobiq prezident Uestga bu taklifdan so`ng baqirib bergan.