AsosiyDunyo
4428

Qirolichaning o`lim sababi qarilik bo`lmagan

'Qirolichaning o`lim sababi qarilik bo`lmagan'ning rasmi

8 sentyabr kuni hayotdan ko`z yumgan 96 yoshli Buyuk Britaniya qirolichasi hujjatlarida o`lim sababi sifatida qarilik qayd etilgan. 

Ammo qirollik biograflaridan biri Elizaveta II hayotining so`nggi yillarida saratonga qarshi kurashganini e`lon qildi. Bu haqda "Zamon.uz" xabar berdi.

Qirolichaning turmush o`rtog`i shahzoda Filippning yaqin do`sti, biograf Djayls  Brandret qirolicha orqa miya saratoniga (mieloma) chalinganini aytmoqda. U o`z so`zlarini qirolicha o`limidan oldin harakatlanish imkonini yo`qotgani, ozgani va tez charchab qolishi bilan isbotlamoqda. 

Brandret marhum qirolicha haqida kitob yozgan. Bukingem saroyi hozircha Brandretning so`zlariga javob qaytarmadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar