1

Olimlar uyqusizlikka qarshi kurashuvchi yana bir davo turini aniqlashdi

Salomatlik 27.11.2022, 13:44
Olimlar uyqusizlikka qarshi kurashuvchi yana bir davo turini aniqlashdi

Buyuk Britaniyaning Oksford akademiyasi olimlari uyqusizlikka melatonindan tashqari, V12 vitamini ham davo bo`lishini aniqladi. Negaki, mazkur darmondori inson tanasidagi metabolizm jarayonini normallashtirib, uyqu uchun zamin yaratadi.  Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sababi, o`z vaqtida va to`yib uxlash uchun ichaklar faoliyati normal bo`lishi zarur. V12 vitamini ayni shu jarayonga ko`maklashadi.

Olimlar bu xulosani tasdiqlash maqsadida tadqiqot o`tkazgan. Unga uzoq yillar uyqusizlikdan aziyat chekkan ko`ngilli kishilar jalb qilinib, bemorlarga V12 vitamini berildi. Natijada ishtirokilarning barchasida ijobiy natija qayd etildi.  

️Ma`lumotlarga ko`ra, dunyo bo`yicha har uch kishidan biri vaqti-vaqti bilan uyqusizlik muammosidan aziyat chekadi. Ayniqsa, bundan keksalar ko`proq qiynalishi ma`lum. So`nggi paytlarda stress, turli surunkali xastaliklar, nosog`lom turmush tarzi va tig`iz ish rejimi tufayli bu holat o`rta yoshli erkak va ayollar, hatto bolalarda ham kuzatilmoqda.  

Shifokorlar uyqusizlikning davosi melatonin moddasi ekanligini yaxshi biladi. Chunki u xalqona tilda “uyqu gormoni” ham deb ataladi. Mazkur modda inson tanasida yarim tundan ertalabki soat 5:00 gacha maksimal darajada ishlab chiqariladi.  Mazkur jarayoning cho`qqisi tungi soat 02:00 atrofi hisoblanadi. Bolalar qonida esa bu gormon miqdori yuqori bo`lishi tufayli chaqaloqlar juda ko`p uxlaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1