1

"Davlatning haqiqiy vatanparvar insoni edi..." O`zbekiston TIV Belаrus tashqi ishlar vazirining bevaqt vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Siyosat 28.11.2022, 10:18
"Davlatning haqiqiy vatanparvar insoni edi..." O`zbekiston TIV Belаrus tashqi ishlar vazirining bevaqt vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Avval xabar qilganimizdek, 26 noyabr kuni Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey vafot etdi. O`zbekiston TIV Vladimir Makey vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. 

"Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Vladimirovich Makeyning bevaqt vafoti haqidagi xabarni chuqur qayg`u bilan qabul qildik. Vladimir Vladimirovich mohir va tajribali diplomat, o`z sohasining ustasi va Belarusning haqiqiy vatanparvar insoni edi.

Uning ko`p qirrali O`zbekiston-Belarus munosabatlarini rivojlantirishga bo`lgan samimiy intilishi alohida e`tiborga molik. Ayniqsa, so`nggi yillarda u O`zbekiston va Belarus o`rtasidagi do`stona aloqalarni mustahkamlashga katta hissa qo`shdi.  

V.Makey o`zidan ijobiy va yorqin xotiralar qoldirdi. Vladimir Vladimirovich Makeyning hamkasblari, yaqinlari va do`stlariga hamdardlik va dalda so`zlarimizni bildiramiz", - deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1