1

"Er xotinini o`ldirmoqchi bo`lmagan". Samarqandda xotinini quvlab yurgan erkak bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

Jamiyat 28.11.2022, 10:46
"Er xotinini o`ldirmoqchi bo`lmagan". Samarqandda xotinini quvlab yurgan erkak bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda ayol turmush o`rtog`idan qochib qutulish uchun birovning mashinasiga o`tirishga majbur bo`lgani aks etgan video tarqaldi

Holat bo`yicha Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati qo`shimcha ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, erkak xotinini o`ldirmoqchi bo`lmagan, balki oilaviy kelishmovchilik natijasida uyidan chiqib ketgan xotini va bolasini uyiga qaytarmoqchi bo`lgan.  

Aniqlanishicha, joriy yilning 25 noyabr kuni Ipak yo`li MFY Go`ro`g`li ko`chasida yashovchi oiladagi er-xotin o`rtasida yuzaga kelgan oilaviy kelishmovchilik natijasida, ayol uyidan chiqib ketib, qarindoshlarinikida tunab qolgan. Eri ayolini topib, farzandi bilan uyiga qaytarmoqchi bo`lgan vaqtida, ayoli “uyga bormayman” - deb, ular o`rtasida yana o`zaro tushunmovchilik yuzaga kelgan. Natijada ayol ko`chadagi mashinaga o`tirib, haydovchidan IIBga qo`ng`iroq qilishni, eri uni urayotganligini aytgan.

Haydovchi bu haqda 102 raqami orqali murojaat qilgan. Ayni damda taraflar hududiy IIBga olib kelingan, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan batafsil tafsilotlar yana taqdim qilinadi.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1