1

Dunyoning mashhur brendlari Twitter’da reklama berishni to`xtatdi

Dunyo 28.11.2022, 12:10
Dunyoning mashhur brendlari Twitter’da reklama berishni to`xtatdi

Ijtimoiy tarmoqning yangi egasi Ilon Maskning kompaniya boshqaruvidagi betartib yondashuvi tufayli dunyoning aksariyat yirik brendlari Twitter’dagi reklamalarini to`xtatib qo`ydi. Bu haqda “Financial Times” nashri yozmoqda, deya xabar bermoqda "zamon.uz".

Ma`lum qilinishicha, 100 ta eng yaxshi reklama beruvchilardan 50 tasi Mask ijtimoiy tarmoqni sotib olganidan keyin xarajatlarni to`xtatib qo`ygan yoki to`xtatish niyatini bildirgan.

Qayd etilishicha, kompaniyalar “Kontentni nazorat qilishda Maskning tanlab yondashuvi” va reklama bo`limidagi xodimlarni ishdan bo`shatish qaroridan shikoyat qilgan.

Nashr ma`lumotlariga ko`ra,Twitter’dagi ommaviy ishdan bo`shatishlardan so`ng agentliklar Mask kompaniyasi bilan aloqada bo`lmagan. Boshqalar esa reklama tizimlari yaxshi ishlamayotganidan shikoyat qilishgan.

Sanoat insayderlarining xabar qilishicha, Mask ba`zi brend rahbarlariga qo`ng`iroq qilishga uringan. Natijada boshqalar Mask bilan munosabatlarini yomonlashtirmaslik uchun xarajatlarini minimal darajaga qisqartirishga qaror qilishgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1