AsosiySport

Messi ko`zi bog`langan holda gol kiritishga muvaffaq bo`ldi (Video)

“Barselona” jamoasi a`zolari Lionel Messi, Serxio Buskets, Ivan Rakitich, Serxi Roberto va Mark-Andre ter Shtegen futbol bo`yicha Ispaniya  paralimpiya terma jamoasi futbolchilari bilan uchrashdi. Bu haqda iSport.ua nashri xabar bermoqda

Futbol bo`yicha Ispaniya paralimpiya terma jamoasi futbolchilarining ko`zi ojiz va ular ovoz chiqaradigan maxsus to`pda futbol o`ynaydi. “Barselona” futbolchilari ham buni o`zida sinab ko`rishdi.

Kichik mashg`ulotlardan so`ng tomonlar penalti zarbalarini tepdi. “Barselona” futbolchilaridan ko`zi yopiq holda faqatgina Messi gol kirita oldi. 

Boshqa yangiliklar