1

Makron davlat tashrifi bilan AQShga bordi

Dunyo 30.11.2022, 10:00
Makron davlat tashrifi bilan AQShga bordi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron besh kunlik tashrif bilan Vashingtonga etib bordi. Bu haqda “Agence France-Presse” xabar berdi.

Bugun Fransiya davlat rahbari AQSh vise-prezidenti Kamala Xarris hamrohligida Aeronovtika va kosmik tadqiqotlar milliy boshqarmasi (NASA) qarorgohiga boradi.  

Makron va Prezident Jo Bayden uchrashuvi 1 dekabrga rejalangan. Muzokaralar chog`ida Makron ikki davlat o`rtasidagi savdo kelishmovchiligini muhokama qilmoqchi.  

Fransiya etakchisining mazkur safari Avstraliyaga suvosti kemalarini etkazib berish bo`yicha kelishuv tuzilganidan 15 oy o`tib amalga oshirilmoqda. Bitim Parij manfaatlariga zarar etkazgan holda 2021 yilning sentyabr oyida Vashington, Kamberra va London tomonidan rasmiylashtirilgan.  

AQSh rasmiylari Fransiya ittifoqchisi bilan aloqalarni mustahkamlashga tayyor ekanini ko`rsatish uchun Makronni davlat tashrifiga taklif qilgan. 

Safar maxsus protokol shartlari bilan o`tkazilishi qayd etiladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1