Futzal bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi Kolumbiyada start olgan Jahon chempionati doirasida o`zining ilk uchrashuvini o`tkazdi. Bu O`zbekiston futzali tarixida Jahon chempionatilaridagi debyut o`yin bo`ldi. “A” guruhi doirasidagi birinchi tur uchrashuvida O`zbekiston Panamaga qarshi maydonga chiqib, 1:3 hisobida mag`lub bo`ldi.
Kastrellon, De Leon hamda Mena kiritgan gollarga O`zbekiston terma jamoasi Javlon Anorovning bir goli bilan javob bera oldi. O`zbekiston terma jamoasining navbatdagi o`yini 14 sentyabr kuni, Toshkent vaqti bilan tonggi 06:00da boshlanadi. Unda o`zbekistonliklar musobaqa mezboni – Kolumbiyaga qarshi bahs olib boradi.
JCh-2016. Futzal
1-tur, 11.09.2016
Kali, "Kolizeo el Pueblo"
O`zbekiston - Panama 1:3
Gollar: J.Anorov (39) - Kastrellon (16), M.De Leon (30), F.Mena (36)
Ogohlantirish: D.Irsaliev 31, J.Anorov 34 - J.Braun 19, E.Rivas 31
O`zbekiston (birinchi beshlik): 1.Rustam Umarov, 7.Dilshod Rahmatov, 8.Farhod Abdumavlonov, 11.Artur Yunusov, 14.Konstantin Sviridov.
Zaxira: 12.Akmal Xazratqulov, 2.Dilshod Irsaliev, 3.Nodir Eliboev, 4.Shuhrat Tojiboev, 5.Davron Choriev, 6.Mashrab Odilov, 9.Ilhom Xamroev, 10.Javlon Anorov, 13.Feruz Faxriddinov.
Panama: (birinchi beshlik): 12.Jeymi Londono, 3.Oskar Xinks, 5.Fernando Mena, 6.Edgar Rivas, 8.Karlos Perez.
Zaxira: 1.Daniel Atensio, 13.Joze Viktoria, 2.Joshua Braun, 4.Xorxe Perez, 7.Klaudio Gudrij, 9.Anxel Sanches, 10.Maykl De Leon, 11.Abdiel Kastrellon, 14.Ariel Kastillo.
Bosh hakam: Muhammad Hassan Ahmad Yusuf (Misr).





