⚡️Katta miqdordagi narkotik modda saqlayotganlar Farg`onada qo`lga olindi (video)

Jinoyat 30.11.2022, 18:12
⚡️Katta miqdordagi narkotik modda saqlayotganlar Farg`onada qo`lga olindi (video)

30 kg.dan ortiq narkotik moddalar musodara qilindi. Bu haqda “Darakchi.uz”ga DXX matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, DXX farg`onalik fuqaroning xonadonida, erga ko`milgan 21 kg. 579 gr. “gashish” borligini aniqlandi.

Narkotik tojikistonlik narkokur`erlar tomonidan kontrabanda yo`li bilan olib kelinib, Toshkent shahri hamda Farg`ona vodiysi viloyatlarida sotish rejalashtirgan.

Jinoiy sheriklarni aniqlash maqsadida tadbir davom ettirildi va “Farg`ona-Toshkent” yo`nalishida harakatlanib ketayotgan “Neksiya” Pop tumanida to`xtatildi. Natijada, Farg`ona tumanida yashovchi fuqaro avtomashinasining yukxonasida 2 kg. 816 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlandi.

DXX va IIB hamkorlikda o`tkazilgan tadbirda esa Qo`qon shahrida yashovchi fuqaroning xonadonida 4 kg. 831 gr. “opiy” va 995 gr. “gashish” moddalari borligi ma`lum bo`ldi.

Ushbu giyohvandlik vositalari Qo`qon shahrida yashovchi shaxsga tegishli bo`lib, Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo`li bilan olib kelingan narkotiklarni Toshkent shahrida sotishni rejalashtirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1