Afg`onistonning Samangan viloyatining Aybak shahrida diniy maktabda yuz bergan portlashda 35 kishi halok bo`ldi, yana 23 kishi jarohatlangan.
OAV xabarlariga ko`ra, portlash qurbonlarining aksariyati maktab o`quvchilaridir. Halok bo`lganlarning jasadlari binodan olib chiqilmoqda. Bundan tashqari, jabrlanganlarni evakuasiya qilish tartibi davom etmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, voqea peshin namozi vaqtida sodir bo`lgan. Portlash sabablari hozircha aniqlanmagan.
Tolibon ichki ishlar vazirligining rasmiy vakili Abdul-Nafi Thakur kamida 10 kishi halok bo`lganini tan oldi. Shuningdek, u jinoyatchilarni topish bo`yicha tergov harakatlari olib borilayotganini aytdi.