1

Nodirbek Abdusattorov Hindistondagi xalqaro musobaqada Gukeshga yutqazdi

Sport 01.12.2022, 21:54
Nodirbek Abdusattorov Hindistondagi xalqaro musobaqada Gukeshga yutqazdi

Hindistonning Kalkutta shahrida shaxmat bo`yicha “Tata Steel India” turniri o`tkazilmoqda. Mazkur musobaqada taniqli shaxmatchimiz, GM Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda.

Bugunga qadar musobaqa doirasida 6 ta tur bahslari o`tkazildi. Kecha, 30-noaybr kuni shaxmatchimiz musobaqa doirasida 3 ta tur bahsini o`tkazdi. Ularning bittasida Nodirbek g`alaba qozongan bo`lsa, ikkita o`yinda imkoniyatni boy berib qo`ydi.

Abdusattorov — Vidit Santosh Gujrati (mag`lubiyat)

Abdusattorov — Gukesh D (mag`lubiyat)

Abdusattorov — Panayappan Seturaman (g`alaba).

Ma`lumot uchun, Abdusattorov so`nggi tur o`yinlari oldidan 9-o`rindan joy olgan. Bugun musobaqa doirasida so`nggi uchta tur o`yinlari o`tkaziladi. Abdusattorovning bugungi raqiblari bilan tanishing:

7-tur: Uesli So (AQSh)

8-tur: Shahriyar Mamedyarov (Ozarbayjon)

9-tur: Param Magsodlu (Eron).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1