Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin ikki kunlik tashrif bilan O`zbekistonga keldi. Siyosatchini uning hamkasbi Abdulla Aripov kutib oldi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
TASS xabariga ko`ra, bugun Samarqandda Mishustin va Aripov Vazirlar Mahkamasi rahbariyati darajasidagi qo`shma komissiya yig`ilishida ishtirok etadi. Uchrashuvda mamlakatlar o`rtasidagi iqtisodiyot, sanoat, energetika, sarmoya va madaniyat sohalarida aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, siyosatchilar III Rossiya-O`zbekiston mintaqalararo hamkorlik forumiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qiladi. Ikki davlat bosh vazirlari jadvalidan ikki davlat o`rtasidagi savdo-iqtisodiy va sanoat hamkorligini kengaytirish maqsadida Samarqand shahrida bo`lib o`tayotgan Rossiya-O`zbekiston biznes-forumining yalpi majlisidagi nutqi ham o`rin olgan.
Kutilganidek, forumda ikki mamlakat hududlarining ishbilarmon doiralari va tashkilotlari vakillari savdo-iqtisodiy hamkorlik, transport-logistika, sanoat loyihalari, sanoat klasterlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.
Rossiya tomonidan 150 dan ortiq korxona, tashkilot, tarmoq birlashmalari va uyushmalaridan 360 dan ortiq kishi forumda ishtirok etishini tasdiqlagan. Tadbirda Rossiya Federasiyasining mintaqaviy hokimiyat vakillari ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Forum oldidan Rossiya bosh vaziri Rossiya kompaniyalarini respublikaning ishlab chiqarish va eksport salohiyati bilan tanishtirish, savdo shartnomalarini tuzish maqsadida o`tkazilayotgan “O`zbekistonda ishlab chiqarilgan” milliy sanoat ko`rgazmasiga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Eslatib o`tamiz, Rossiya va O`zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi komissiyaning avvalgi yig`ilishi 2021 yil 22 iyun kuni Moskva shahrida bo`lib o`tgan edi.