AsosiySiyosat

Tatariston prezidenti Samarqandga keldi

'Tatariston prezidenti Samarqandga keldi'ning rasmi

Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonov amaliy tashrif bilan Samarqandga keldi. Mehmonni Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov kutib oldi.

Tashrifdan ko`zlangan maqsad Rossiya-O`zbekiston biznes forumida ishtirok etishdir. Forum Rossiya Federasiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin va O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida o`tkazilmoqda. Sal avval Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Samarqandga etib kelgani xabar qilingan edi. 

Bugun yalpi majlis bo`lib o`tadi, unda Rustam Minnixonov so`zga chiqishi rejalashtirilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar