Kecha dunyo bo`yicha 712 mingdan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Bu 30 noyabr sanasiga nisbatan qariyb 200 mingta ko`p ko`rsatkichdir. Eng yuqori kunlik holatlar quyidagi mamlakatlarda ro`yxatga olindi:
Yaponiya — 118 ming,
AQSh — 98 ming,
Avstraliya — 82 ming,
Braziliya — 74 ming,
Fransiya — 68 ming,
Janubiy Koreya — 53 ming,
Xitoy — 35 ming,
Germaniya — 30 ming,
Buyuk Britaniya — 26 ming,
Tayvan — 15 ming.






