1

Olimlar viruslardan ishonchli himoyalovchi qurilma yaratishdi

Salomatlik 04.12.2022, 16:28
Olimlar viruslardan ishonchli himoyalovchi qurilma yaratishdi

Isroil  olimlari insonlarni virus va bakteriyalardan samarali himoyalay oladigan qurilma yaratdi. Uni ramziy ma`noda “havo niqobi” deb atashmoqda.  Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Moslama batareya yordamida ishlaydi. Uni bosh kiyiga oson o`rnatish mumkin. Jajji qurilma fodalanuvchining yuzi tomon soatiga 30 kilometr tezlikda havo purkaydi.  

Olimlar xulosasiga ko`ra, bunday “qalqon” odamga yo`naltirilgan virusli tomchilarning taxminan 62 foizini, shuningdek, moslama egasidan boshqalarga yo`nalgan zarrachalarning 99 foizini to`sib qo`ya oladi.

Tadqiqot mualliflari “havo niqobi” virusli tomchilar va aerozollarni bloklab, organizmning infeksiyalarga qarshi himoyasini oshiradi.

Qurilma hademay ommaviy ishlab chiqarilishi va bir necha oy ichida sotuvga yo`naltirilishi kutilmoqda.

 

.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1