AsosiySport

“Lokomotiv” va “Al-Ayn” o`rtasidagi javob o`yini bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Bugun, 13 sentyabr kuni Toshkentning "Lokomotiv" klubi Osiyo Chempionlar Ligasi chorak final javob uchrashuvida BAAning "Al Ayn" jamoasini qabul qiladi.

Ushbu muhim uchrashuv oldidan OFK rasmiysi O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimovning xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlanishini ma`lum qildi, deya xabar bermoqda Sports.uz internet nashri. 

Bundan tashqari, "Lokomotiv" futbolchilari bugungi o`yinda qora bog`ich taqqan xolda maydonga chiqishadi. “Lokomotiv” – “Al-Ayn” uchrashuvi 19:00 da, Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo`lib o`tadi.

Boshqa yangiliklar