EI davlatlari noyabr oyida gaz iste`molini 24 foizga kamaytirdi. Natijada Rossiya energiya resurslariga qaramlikdan chiqish doirasida so`nggi 5 yilning o`rtacha ko`rsatkichlaridan kamroq gaz sarflandi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.
Qayd etilishicha, RF yoqilg`isining eng yirik iste`molchilari - Germaniya va Italiya mos ravishda gaz iste`molini 23 foiz va 21 foizga qisqartirgan. Fransiya va Ispaniya 20 foiz. Niderlandiya 30 foizdan kamroq gazdan foydalangan.
Kunning issiq bo`lgani ham talabni kamaytirdi. Bunga qo`shimcha ravishda gaz qimmatlashgani ham uning tejalishiga olib keldi.
ICIS hisobotida aytilishicha, Evropa gazga bo`lgan talabni yanada kamaytirib, parallel ravishda suyultirilgan tabiiy gaz importini oshiradi va shu yo`l bilan bir necha yillik tanqislikning oldini oladi






