1

Nuroboddagi kafelardan birida fuqaro tanishini urib o`ldirdi

Jinoyat 05.12.2022, 21:36
Nuroboddagi kafelardan birida fuqaro tanishini urib o`ldirdi

Shu yilning 29 noyabr kuni soat tungi 1:30larda Nurobod tumanining Navro`z MFY hududidagi "Toj" nomli kafe yonida oldindan o`zaro tanish bo`lgan M.X. va X.Sh.lar mast holatda o`zaro tortishib qolishi natijasida X.Sh., MX.ni urib unga tan jarohati etkazgan.  

Shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan muolajalarga qaramay, olgan tan jarohati natijasida fuqaro M.X. vafot etgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, holat yuzasidan shu kunning o`zida ya`ni 2022 yil 29 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib,  gumonlanuvchi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.  

Faqaro bir kun o`tib, 30 noyabr kuni vafot etgan. Shundan so`ng, jinoyat ishi 104-modda 3-qismi bilan qayta malakalangan.

Ayni damda jinoyat ishi viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi yurituviga olingan, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1