1

AQSh prezidentligi uchun navbatdagi nomzod e`lon qilindi

Dunyo 06.12.2022, 11:03
AQSh prezidentligi uchun navbatdagi nomzod e`lon qilindi

Donald Trampning milliy xavfsizlik bo`yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton 2024 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda "zamon.uz" yozmoqda. 

U sobiq rahbarining qayta saylanmasligi uchun bu qadamni amalga oshirishga tayyor. 

"Agar hozirgi nomzodlar Trampning yuz o`girmasa, men prezidentlik poygasida qatnashishga tayyor", — deb yozgan Bolton Twitter sahifasida.

Siyosatchi bu harakatlari orqali konstitusiyani himoya qilmoqchi ekanini aytgan.

Hozirgi kunda bo`lajak saylovda ishtirok etish uchun faqat Tramp ro`yxatga olingan. Jon Bolton 2018-2019 yillarda Oq uyda faoliyat yuritgan. Keyinchalik Tramp undan lavozimini tark etishni talab qilgan.

Ijtimoiy so`rovnomalar natijasiga ko`ra, 60 foiz amerikaliklar Trampning saylovda qatnashishiga qarshi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1