1

Buxoroda imtihonsiz "prava" olib bermoqchi bo`lgan o`qituvchilar pora bilan qo`lga tushdi

Jinoyat 06.12.2022, 14:42
Buxoroda imtihonsiz "prava" olib bermoqchi bo`lgan o`qituvchilar pora bilan qo`lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, haydovchilik guvohnomasi olib berishni va`da qilgan avtomaktab xodimlari ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

“B.R.” avtomaktab o`qituvchisi B.H. hamda “Vatanparvar” tashkilotining Vobkent tuman bo`limi o`qituvchi-mexanigi J.S. fuqaro A.A.ni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo`lib o`tadigan imtihondan o`tkazib qo`yishlari evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1