Ukraina Premer-ligasi 7-turida O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Sanjar Tursunov to`p surayotgan “Vorskla” jamoasi “Volin" klubiga qarshi bahs yuritib, 2:1 hisobida g`alabaga erishdi.
Poltavaliklarga g`alaba taqdim etgan golga esa hamyurtimiz Sanjar Tursunov o`yinning 74-daqiqasida mualliflik qildi.
O`zbekistonlik sportchi jarima zarbasini aniq amalga oshirib, ushbu golini O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag`ishladi.





