Ijtimoiy tarmoqlarda "Farg`onada sanoat korxonalaridan gaz uzib qo`yilishi natijasida 10 minglab aholi ishsiz qolmoqda, ular gaz ulab berilishini so`rab, ko`chaga chiqishmoqda” sarlavhasi ostida murojaatlar tarqaldi.
"O'zqurilishmateriallari" uyushmasining ma`lum qilishicha, zavodning gazdan uzilishiga O`zbekiston bo`ylab ob-havoning keskin pasayishi sabab bo`lgan.
Ta`kidlanishicha, bunday holatda aholining tabiiy gazga bo`lgan talabi qondirish maqsadida, birinchi navbatda ijtimoiy soha ob`ektlari, jumladan maktablar, maktabgacha ta`lim muassasalari, tibbiyot muassasalarini tabiiy gaz bilan ta`minlanadi. Shu sabab sanoat korxonalari jumladan, sement zavodlari ham vaqtincha ta`minotdan uziladi.