Qarshida piyodani urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan haydovchi topildi

Jinoyat 07.12.2022, 21:59
Qarshida piyodani urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan haydovchi topildi

Avvalroq, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida piyodalar o`tish yo`lagida Cobalt 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgani haqida xabar bergan edik.

Respublika YHXXning xabar berishicha, qizni urib qochgan haydovchi topilgan.

Xabarda aytilishicha, shu yilning 5 dekabr kuni soat 20:00 larda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, "Nasaf" ko`chasida "Cobalt" rusumli avtomobil haydovchisi piyodalar o`tish joyidan yo`lni kesib o`tayotgan piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan.

Natijada piyoda tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruvlar natijasida "Cobalt" avtomobili hamda haydovchisi topildi. 

Mazkur YTH yuzasidan haydovchiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 1-qismi va 117-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1