1

Ukrainadagi mojaroga hozir diplomatik yo`l bilan barham berishning iloji yo`q - NATO Bosh kotibi

Dunyo 08.12.2022, 14:17
Ukrainadagi mojaroga hozir diplomatik yo`l bilan barham berishning iloji yo`q - NATO Bosh kotibi

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukrainadagi mojaroni diplomatik yo`l bilan hal qilish uchun hozircha shart-sharoit yo`qligini ma`lum qildi va G`arb tomonidan Kievga faol qurol etkazib berishni davom ettirish tarafdori ekanini aytdi.

NATO Bosh kotibi chorshanba kuni Financial Times tomonidan tashkil etilgan forumda "Hozir (diplomatik echim uchun) hech qanday shart-sharoit yo`q. Biz tinchlik yo`li bilan echim topishni qanchalik ko`p istasak, Ukrainaga harbiy yordam ko`rsatish shunchalik dolzarb bo`ladi", dedi.

 

Stoltenbergning ta`kidlashicha, Rossiya "bahorda kattaroq hujum boshlashdan" oldin mojaroni muzlatishga harakat qilmoqda.

 “Endi Ukraina ustunlikka ega”, degan alyans rahbari va NATO a`zolari Kievga “qanday tizimlarni (qurollar) etkazib bermoqchi ekanliklarini doimiy ravishda muhokama qilishlarini” qo`shimcha qildi.

Eslatib o`tamiz, 24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass respublikalari rahbarlarining yordam so`roviga javoban Ukrainada maxsus harbiy operasiya o`tkazilishini ma`lum qildi. Shundan so`ng G`arb Rossiyaga qarshi keng ko`lamli sanksiyalar kiritdi va Kievga qurol-yarog` va harbiy texnika etkazib berishni hozirgi bosqichda milliardlab dollarga baholangan miqdorlarda oshirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1