AsosiyJamiyat

Moskvadan Samarqandga uchgan samolyot Toshkent aeroportiga yo`naltirildi

'Moskvadan Samarqandga uchgan samolyot Toshkent aeroportiga yo`naltirildi'ning rasmi

Moskva-Samarqand yo`nalishidagi SU1874 samolyoti Samarqand aeroportiga qo`na olmadi. Bu haqda "Novosti Tashkentskogo Neba" kanalida xabar qilindi. 

Ma`lum qilinishicha, samolyotning qo`na olmasligiga aerodrom yo`lagi qordan tozalanmaganligi sabab bo`lgan. Shunga ko`ra, parvoz Toshkentga yo`nalitirilgan. 

Eslatib o`tamiz, sal avval kuchli qor sabab Minsk va Bokudan Toshkentga qarab uchgan samolyotlar Samarqandga qo`ngani xabar qilingan edi. 

    Boshqa yangiliklar