1

Farg`onadagi gaz “zapravka”dagi tartibsizlikka oydinlik kiritildi

Jamiyat 09.12.2022, 11:48
Farg`onadagi gaz “zapravka”dagi tartibsizlikka oydinlik kiritildi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida “Farg`ona viloyati Uchko`prik tumanida gaz quyish shahobchasida tartibsizliklar yuz bermoqda ekan" sarlavhali videoxabar tarqaldi.

Holatga Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati oydinlik kiritdi.

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 8 dekabr kuni Farg`ona viloyati Uchko`prik tumani, Buyrak MFY hududidagi avtomabillarga gaz quyish shahobchasida fuqro H.Q. o`z boshqaruvidagi "Niva" rusumli avtomashinasida gaz quyish shahobchasi yopilgandan so`ng,  qayrilib olish maqsadida yon tarafdagi to`siqdan avtomashinasida o`tib ketmoqchi bo`lgan va videotasvirdagi holat kelib chiqqan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo`q.

“Fuqarolarimizdan yuqoridagi kabi xabarlarga rasmiy munosabat bildirilmay turib noo`rin xulosaga bormasliklarini, ijtimoiy tarmoq faollaridan asoslanmagan axborotlarni tarqatmasliklarini so`rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1