AsosiyJamiyat

"COVID-19" pandemiyasida vafot etgan shifokorlar soni qancha?(video)

'"COVID-19" pandemiyasida vafot etgan shifokorlar soni qancha?(video)'ning rasmi

"COVID-19" pandemiyasi mobaynida 11 nafar vrach  va 6 nafar feldsher vafot etgan. Bu haqda bugun AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida  Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoit Gafurov ma`lum qildi.

"COVID-19 paytida 11 nafar vrachlar  va 6 nafar feldsher vafot etdi. Albatta, bu juda achinarli holat. Chunki 103 tizimi birinchi "zarbani" qabul qilib olgan tashkilot bo`ldi. O`sha paytda kuniga, Toshkent shahrining o`zida 20-30 nafar xodim koronavirus bilan kasallanib, shifoxonalarga yotishdi", - deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori.

Abduvoit Gafurovning ta`kidlashicha, pandemiya boshlanishida  noma`lum kasallik bo`lganligi uchun  himoyalanish protokollari yo`q bo`lgani uchun kasallanish va o`lim holati ko`rsatkichlari tez tibbiy yordam xodimlari ichida juda yuqori bo`lgan.

Oybek Shukurov

    Boshqa yangiliklar