O`zbekiston energetika vaziri o`rinbosari Sherzod Xodjaev energo resurslari taqchilligi bo`yicha eng muhokama qilinayotgan savollarga javob qaytardi.
"Tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun tariflarni qayta ko`rib chiqish jarayonida, ekspertlar tomonidan bazaviy tariflarni o`zgarishsiz qoldirib, ma`lum bir miqdordan ko`proq iste`mol qilingan holatlarda uning narxini keskin oshirish bo`yicha takliflar berilgan. Hozirgi kunda mazkur takliflar Hukumat tomonidan ko`rib chiqilmoqda",–dedi Sherzod Xodjaev.






