Rekonstruksiya ishlari sabab 11 dekabr kuni bir qator poezdlar jadvaliga o`zgartirish kiritildi. Bu haqda "O`ztemir yo`lyo`lovchi" xabar qildi.
Qayd etilishicha, 11 dekabr kuni Qo`qon—Buvayda bekatlari oralig`ida modernizasiya ishlari olib borilishi yuzasidan quyidagi yo`lovchi poezdlar harakati jadvaliga o`zgartirishlar kiritiladi:
10 dekabr kuni 126-sonli Xiva—Andijon yo`nalishida harakatlanuvchi yo`lovchi poezd Xiva bekatidan Pop bekatigacha amaldagi jadval asosida harakatlanadi, keyin 11 dekabr kuni quyidagi jadval asosida harakatni davom ettiradi:
- Pop 15:47 — Namangan 16:44 — Andijon 19:57.
126-sonli Xiva—Andijon yo`nalishida Qo`qon va Marg`ilon uchun chipta xarid qilgan yo`lovchilar Pop shahridan mazkur manzillar vokzaligacha avtobuslar tomonidan bepul eltib qo`yiladi.
11 dekabr kuni 60-sonli Toshkent—Andijon yo`nalishida harakatlanuvchi yo`lovchi poezd harakat jadvali quyidagicha:
- Toshkent 07:55 — Pop 11:33 — Namangan 12:17 — Andijon 14:13
11 dekabr kuni 59-sonli Andijon—Toshkent yo`nalishida harakatlanuvchi yo`lovchi poezd harakat jadvali quyidagicha:
- Andijon 15:13 — Namangan 17:09 — Pop 17:51 — Toshkent 21:45
11 dekabr kuni 62-sonli Toshkent—Andijon yo`nalishida harakatlanuvchi yo`lovchi poezd harakat jadvali quyidagicha:
- Toshkent 17:22 — Pop 21:02 — Namangan 21:58 — Andijon 00:07
11 dekabr kuni 61-sonli Andijon—Toshkent yo`nalishida harakatlanuvchi yo`lovchi poezd harakat jadvali quyidagicha:
- Andijon 05:50 — Namangan 07:46 — Pop 08:28 — Toshkent 12:14
Izoh: 2022 yilning 11 dekabr kuni yo`lovchi poezdlar Qo`qon va Marg`ilon bekatlaridan harakatni amalga oshirmaydi.