AsosiyJamiyat

"Tez yordam" xodimlari qachondan "bodi kameralar" bilan ta`minlanadi?

'"Tez yordam" xodimlari qachondan "bodi kameralar" bilan ta`minlanadi?'ning rasmi

So`nggi paytlarda shifokorlarga qo`l ko`tarish, ularni ayovsiz kaltaklash holatlari "urf"ga chiqani hech kimga sir emas.
Avvalroq bu kabi ko`ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida parlament quyi palatasida "Tibbiyot xodimining faoliyatiga to`sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida"gi qonun loyihasi muhokama qilinayotgani haqida xabar bergan edik.

Xo`sh, shifokorlar qachon "bodi kameralar" bilan ta`minlanadi. Kameralar yuzaga kelayotgan muammolarga echib bo`la oladimi? SSV Davolash profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi boshlig`i Umid Risqiev quyidagicha javob berdi: 
- Albatta, himoya qilish uchun bu juda yaxshi taklif. Lekin buni ikkinchi, estetik tarafini ham o`ylashimiz kerak. Ya`ni "feldsher"  bemorni har-hil holatda ko`radi. Tez tibbiy yordamda bemor uyiga bir emas, butun brigada boradi. Qanchalik ehtiyoj bor, buni yana bir o`ylab ko`rishimiz kerak.  
Qonunni yana ham kuchaytirish kerak, nazarimda. Bu to`g`risida Bosh prokuratura tomonidan hujjat loyihasi ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda Oliy Majlis tomonidan ko`rib chiqilmoqda.
                                            Oybek Shukurov

    Boshqa yangiliklar