AsosiyJamiyat

Endi "svet" bir sutkada atigi ikki soat o`chishi aniqmi? (video)

'Endi "svet" bir sutkada atigi ikki soat o`chishi aniqmi? (video)'ning rasmi

O`zbekiston energetika vaziri o`rinbosari Sherzod Xodjaev energiya resurslari taqchilligi bo`yicha eng muhokama qilinayotgan savollarga javob qaytardi.

Rejali o`chirish jadvallariga qay darajada amal qilinadi? Bir sutkada elektr energiyasi atigi 2 soatga o`chirilishi aniqmi?

— Bugungi kunda ishlab chiqarilib etkazib berilayotgan elektr energiyasi hamda haqiqiy ehtiyoj o`rtasidagi tafovut bir muncha katta. Bu tafovutni qoplash uchun sutkasiga ikki soat o`chirish etarli emas, lekin bir o`chirishda ikki soatdan oshmaslik choralari ko`rilishi ta`minlanadi.

Ta`kidlash joizki, rejali o`chirishlar energotizimda ishlab chiqarilayotgan energiyaning etmagan holatlarida amalga oshiriladi. Lekin bundan tashqari avariyaviy o`chish holatlari ham mavjud. Bunday holatlarda avariyaning turidan kelib chiqqan holda uni bartaraf etishga bir muncha ko`proq vaqt sarflanishi mumkin.

Ko`rib turgan bo`lishingiz kerak, ijtimoiy tarmoqlarda ham bugungi kunda elektromontyorlarimiz, avariyaviy brigadalarimiz 24 soat ish rejimiga o`tkazilgan. Ob-havo sharoitiga va sutkaning vaqtiga qaramasdan tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini ko`rishmoqda.

Bugungi kunda O`zbekiston bo`ylab elektr ta`minotidagi uzilishlarni bartaraf etish uchun 500dan ortiq maxsus brigadalar shakllantirilgan. Ularda barcha kerakli materillar mavjud va texnika bilan jihozlangan. 

Agarda, elektr ta`minotidagi uzilish ikki soatdan ortib ketsa, hududiy elektr tarmoqlarining 1154 qisqa raqamiga murojaat qilgan holda mavjud muammo haqida aytib o`tish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar