Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida para taekvondo bo`yicha Gran-Pri turniri bo`lib o`tdi.
Yilning so`nggi yirik musobaqasi yakunida eng yaxshilar ham e`tirof etildi.
Ushbu tadbirda para taekvondo bo`yicha terma jamoamiz murabbiyi Bobur Qo`ziev Butunjahon taekvondo federasiyasi tomonidan 102 ta davlat orasida “Yilning eng yaxshi murabbiyi” nominasiyasida g`olib deb topildi va maxsus kubok bilan taqdirlandi.
Ta`kidlash kerakki, yakuniy 3 nomzod orasida hamyurtimizdan tashqari Braziliya va Meksika terma jamoalari murabbiylari ham joy olgan edi.
Ma`lumot uchun: O`zbekiston para taekvondo terma jamoasi a`zolari joriy 2022 yilda 10 ga yaqin nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etdi va ularda 12 ta oltin, 11 ta kumush va 15 ta bronza, jami 38 ta medalga sazovar bo`ldi.