AsosiyJamiyat

"Toshkent — Urganch — Toshkent" yo`nalishida qo`shimcha poezd qatnovlari yo`lga qo`yildi

'"Toshkent — Urganch — Toshkent" yo`nalishida qo`shimcha poezd qatnovlari yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Yangi yil bayrami munosabati bilan yo`lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida 2022 yilning 18, 20, 23, 25, 27, 30 dekabr va 2023 yilning 3, 6, 8, 10, 13, 15 yanvar kunlari "Toshkent –Urganch – Toshkent" yo`nalishida qo`shimcha 12 ta qatnovlar yo`lga qo`yiladi.

Poezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

156-sonli "Toshkent — Urganch" yo`nalishi:

Toshkent 00:05 — Urganch 14:23

155-sonli "Urganch — Toshkent" yo`nalishi:

Urganch 17:35 — Toshkent 06:54

IZOH: Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l chiptaxonalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

"Eslatib o`tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo`l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish mumkin: chipta.railway.uz ", deb yozmoqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati.

    Boshqa yangiliklar