AsosiyJamiyat

Toshkentda "Captiva", “Cobalt” va "Spark" avtomobillari to`qnashdi

'Toshkentda "Captiva", “Cobalt” va "Spark"  avtomobillari to`qnashdi'ning rasmi

 Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shaharida uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi.

IIV Jamoat xavfsizligi departamentining ma`lum qilishicha, avtohalokat bugun, 2022 yil 12 dekabr kuni soat 12:00 larda  Olmazor tumani Farobiy ko`chasida sodir bo`lgan. 

1972 yilda tug`ilgan haydovchi  T.K. "Captiva" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, oraliq masofani saqlamaganligi oqibatida haydovchi, 1977 yilda tug`ilgan Sh.K. boshqaruvidagi “Cobalt” hamda haydovchi, 1974 yilda tug`ilgan M.A. boshqaruvidagi "Spark" rusumli avtomobillarga to`qnashgan.

Hodisa natijasida "Spark" avtomobili yo`lovchisi M.R. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.  

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar