AsosiyJamiyat

Angrendagi neft bazasi haqida shu kungacha eshitmaganmiz — Rasul Kusherbaev

'Angrendagi neft bazasi haqida shu kungacha eshitmaganmiz —  Rasul Kusherbaev'ning rasmi

Biroz avval ijtimoiy tarmoqlarda Angrenda neft bazada truba yorilib, juda katta miqdordagi toza benzin oqib ketayotgani va odamlar idishlarga solib olayotgani aks etgan video tarqalgani haqida xabar bergan edik. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev ushbu neft bazaga oid ayrim savollarni o`rtaga tashladi.

Deputat shu kungacha Angrendagi neft baza haqida negadir eshitmagani, Toshkent viloyatida "O`zbekneftgaz"ga qarashli Paxta, Kuchluk, Chinobod neftbazalar haqida bilishini yozgan.

"Neft bazasi kichkina korxona emaski, uni kimdir sezmay qolsa. Uni barpo etishda qator talablar, vaqt shu jumladan ekologik talablar ham bor. Biroq Angren neft bazasi osmondan tushgandek bo`ldi. Shu bois, agar ochiq va shaffof bo`lishsa vakolatli idoralar quyidagi savollarga javob berishlarini so`raymiz:

  • Angren neft bazasi qachon, qaysi manbaalar hisobiga, nima maqsadda tashkil etilgan?
  • Angren neft bazasi bugun kimga qarashli?
  • Angren neft bazasidagi AI-80 benzini birjaga sotuvga chiqarilgandimi?
  • Angren neft bazasidagi AI-80 benzini nima maqsadda saqlab turilgandi?
  • Angren neft bazasidan oqib ketgan 11,5 ming litr benzin atrof muhitga va tabiatga qancha zarar etkazdi?

Angren neft bazasi voqeasi katta ishlarning bir uchi ekanligini bilib turibmiz.

Shu bois, rasmiy idoralar aniq javob bersa jamoatchilikda shubha bo`lmaydi.

Darvoqe, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ham o`z yo`nalishida izoh berishi kerak. Gap nima haqidaligini agentlikning xushyor rahbarlari tushunib turishibdi, degan umiddamiz", — deb yozadi Kusherbaev.

    Boshqa yangiliklar