AsosiyJinoyat

Bahosi 72,5 mln. so`mlik pirotexnika vositalarini Toshkentdan olib o`tmoqchi bo`lgan fuqaro qo`lga olindi

'Bahosi 72,5 mln. so`mlik pirotexnika vositalarini Toshkentdan olib o`tmoqchi bo`lgan fuqaro qo`lga olindi'ning rasmi

Pirotexnika vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi.  Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Departamentning Mirzo Ulug`bek tuman bo`limi tomonidan DXX va IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.X.ning boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasi to`xtatib ko`zdan kechirilganda, tegishli hujjatlari bo`lmagan umumiy bahosi 72,5 mln so`mlik “Treniya”, “Korolevskiy salyut”, “S novm godom” va “9D” nomli pirotexnika vositalarini Toshkent shahrida o`tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar