Namangan viloyati Norin tumanidagi kafelarning birida qimor va tavakkalchilikka asoslangan o`yinlar tashkil etilib kelingani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Norin tumanida yashovchi fuqaro o`ziga tegishli tamaddixonada qonunga xilof ravishda, shu tumanda yashovchi fuqarolarni jalb qilgan holda qimor o`ynashlari uchun sharoit yaratib bergan. Huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan tamaddixona ko`zdan kechirilganidan jami 5,3 million so`m pul ashyoviy dalil sifatida olingan.
Holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni tashkil etish hamda o`tkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan.
Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






