Yangi yil bayrami munosabati bilan yo`lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida “Toshkent —Termiz — Toshkent” yo`nalishida qo`shimcha qatnovlar yo`lga qo`yildi va quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
2022 yilning 17-19-21-24-26-28 dekabr kunlari hamda 2023 yilning 2-4-7-9-11-14 yanvar kunlari 157-sonli “Toshkent — Termiz” yo`nalishi:
Toshkent 21:42 — Termiz 11:41
2022 yilning 18-20-22-25-27-29 dekabr kunlari va 2023 yilning 3-5-8-10-12-15 yanvar kunlari 157-sonli "Termiz — Toshkent" yo`nalishi:
Termiz 15:10 — Toshkent 05:42
Bu haqda “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, xabarda qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l chiptalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
Eslatib o`tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo`l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: chipta.railway.uz, deyiladi xabarda.