AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev: “Svet, gaz muammolarini juda yaxshi bilaman, bu sinovlarni engib o`tishimiz kerak”

'Shavkat Mirziyoev: “Svet, gaz muammolarini juda yaxshi bilaman, bu sinovlarni engib o`tishimiz kerak”'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisilgidagi Uchtepa tumani faollari bilan yig`ilish davom etmoqda.
Davlat rahbari o`zi ham oddiy mahallada yashashini aytdi. 
"Bizda ham mahalla raisi bor. Har safar ko`rishib qolsak" Rais bobo, ishlar yaxshimi, bizga savollar yo`qmi",  deb so`rayman", — dedi prezident.
Shavkat Mirziyoev Toshkentdagi hamma muammolarni shaxsan o`zi kuzatib borishini ta`kidladi. 
"Svet, gaz muammolarini yaxshi bilaman. Toshkent shahrida svet-gaz muammosi bo`lmasligi kerak. Hammasi etarli darajada ajratilgan. Faqat o`z o`rnida ishlatishni bilish kerak", — dedi prezident. 
Shavkat Mirziyoev bugun borgan qozonxonaga yarim tumanning "svet"i ketishini aytdi.

Shuningdek, Uchtepa tumanidagi qator ob`ektlarni ko`zdan kechirgan davlat rahbari Shavkat Mirziyoev ayni paytda tuman faollari va mutasaddilar bilan uchrashib, muammolarni muhokama qilmoqda.

"Toshkentga 34 ta yirik elektr akkumulyatorlarini keltirmoqchimiz. Bu barqaror elektr energiya bilan ta`minlashga yordam beradi. Har bir tumanga tarqatamiz. Albatta, qiyinchiliklar bor. Lekin sabr bilan, muammolarni echimini izlab topib, bu sinovlarni engib o`tishimiz kerak", — dedi davlat rahbari.

    Boshqa yangiliklar