Ma`lum qilinishicha, Davlat komissiyasining 7 va 8-son bayonlari bilan quyidagi hududlardan O`zbekiston fuqarolarining o`qishini O`zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko`chirishga ruxsat berilgan:
- 7-son bayoni bilan — Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlari;
- 8-son bayoni bilan — Qrim va Sevastopol hududlari.
- Bunda:
arizalar Davlat test markazi tomonidan qabul qilinishi; - talabaning haqiqatda muayyan OTMda tahsil olgani Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tekshirilishi;
- o`qishini ko`chirish qarori Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan qabul qilinishi belgilangan .
Davlat test markazi 1-30 noyabr kunlari o`qishni ko`chirish bo`yicha arizalar qabul qilinib, barcha ma`lumotlar Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligiga taqdim etilganini e`lon qildi.






